Bir vaqtning özida gaz narxini oşirgan 22 ta şoxobçaga nisbatan raqobatga qarşi muvofiqlaştirilgan harakatlar yuzasidan moliyaviy jarimalar qöllanildi. Qömita qaroridan norozi bölgan 9 ta subyekt sudga murojaat qilgan, biroq qarorlar qonuniyligi sudda ham tasdiqlangan.
Raqobat qömitasiga kelib tuşgan fuqaro murojaati asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida faoliyat yuritayotgan 22 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasidagi narxlar örganildi.
Örganiş natijalariga köra, mazkur şoxobçalarda 1 kub metr siqilgan gaz mahsuloti bir vaqtning özida amaldagi narxiga nisbatan örtaça 1 050 sömgaça oşirib sotilgani aniqlangan.
Uşbu holatlar yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Raqobat qömitasi Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat töğrisida»gi Qonunning 19-moddasi — raqobatga qarşi muvofiqlaştirilgan harakatlar sodir etilganligi böyiça işlar qözğatilgan.
Işlarni körib çiqiş yakunida 22 ta xöjalik yurituvçi subyektga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qöllaş haqida qaror qabul qilingan.
Şuningdek, aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan.
Qömita maʼlumotiga köra, maxsus komissiya qarorlaridan norozi bölgan 9 ta tadbirkorlik subyekti sudga murojaat qilgan. Sud esa qömita qarorlarining qonuniyligini tasdiqlagan.
Raqobat qömitasi mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, içki bozorda faoliyat yuritayotgan xöjalik yurituvçi subyektlar tomonidan raqobatga qarşi kelişilgan harakatlarni aniqlaş böyiça monitoring tadbirlari davom ettirilişini maʼlum qildi.




