Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafşon şahridagi «Yangi Özbekiston boği» hududida joylaşgan amfiteatrni kapital taʼmirlaş uçun 7 milliard söm ajratdi.
16-noyabr kuni imzolangan farmoyişga köra, mablağlar viloyat byudjetining II çorak daromadlari rejasi ortiği bilan bajarilgan qismidan olinadi. Pullar «Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Toşkent viloyatida biznes markazlarini quriş direksiyasi» DUK hisob raqamiga ötkaziladi.
Şu bilan birga, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov ham Toşkentda ötkaziladigan xalqaro turizm tadbirlari uçun mablağ ajratdi.
Xususan, 2026-yil 25–27-noyabr kunlari bölib ötadigan «Ipak yölida turizm» Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi, xalqaro investitsiya forumi hamda BMT Turizm taşkilotining «2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili» oçiliş marosimida Andijon viloyati delegatsiyasining iştirokini taʼminlaş uçun 602 million 704 ming 800 söm yönaltiriladi.
Mazkur mablağ Andijon viloyati byudjetining 2026-yilgi zaxira jamğarmasi hisobidan ajratilgan.




