Jamiyat

Özbekistonda radarlar tezlikni notöğri qayd etayotgani tekşirilmoqda

Akmal Eshonxonov31 ko'rishlar
Özbekistonda radarlar tezlikni notöğri qayd etayotgani tekşirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim radarlar avtomobillar tezligini haqiqiy körsatkiçdan yuqori qayd etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Şundan söng Yöl harakati xavfsizligi xizmati mamlakat böylab örnatilgan foto-video qayd etiş qurilmalari va radarlarni tekşiriş işlari boşlanganini maʼlum qildi.

Xizmat xabariga köra, tekşiruvlar fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, yöl harakati qoidalari ijrosida qonuniylikni taʼminlaş hamda qurilmalarning aniq işlaşini nazorat qiliş maqsadida ötkazilmoqda. Bu jarayonda maxsus jihozlangan avtomobillardan foydalanilmoqda.

Mutaxassislar radarlarning texnik talablarga muvofiqligi, transport vositalari tezligini ölçaş aniqligi va qurilmalarning qonuniy işlayotganini örganmoqda.

Şuningdek, radarlar Özbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan muntazam metrologik tekşiruv va sinovlardan ötkazilişi bildirildi.

Tekşiruvlar davomida kamçilik yoki qonunbuziliş holatlari aniqlansa, masʼullarga nisbatan belgilangan tartibda çora köriladi. Hozirça tekşirilgan radarlar soni va aniqlangan nosozliklar böyiça maʼlumot berilmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda radarlar tezlikni notöğri qayd etayotgani tekşirilmoqda | Effect.uz