Toşkent şahar hokimligi Mirzo Uluğbek tumanidagi bir qator yöllarni taʼmirlaş va yöl infratuzilmasini yaxşilaş uçun 2 milliard 690 million söm ajratdi. Bu haqdagi qaror 19-oktyabr kuni şahar hokimi Şavkat Umrzoqov tomonidan imzolangan.
Hujjatga köra, ajratilgan mablağning 469 million sömi Dörmon köçasining 150 metrlik qismini taʼmirlaşga, 580 million sömi esa Mirzakalon Ismoiliy köçasining 500 metrlik qismida quriliş-taʼmirlaş işlariga yönaltiriladi.
Şuningdek, Toşkent halqa avtomobil yölining Forobiy köçasi bilan kesişmasiga 250 million, Çorboğ köçasi bilan kesişmasiga 200 million, Xonobodtepa şohköçasi bilan kesişmasiga 210 million söm ajratilgan.
Mirzo Uluğbek va Temur Malik köçalari kesişmasidagi işlar uçun 250 million söm yönaltiriladi. Bundan taşqari, Maxtumquli va Ohangaron köçalari kesişmasida qöşimça yölak oçiş uçun 650 million söm ajratilişi belgilangan.
Mazkur işlar böyiça buyurtmaçi — «Toşkent şahri mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmati» davlat muassasasi. Mablağlar unga Toşkent şaharini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan ötkazib beriladi.




