Jamiyat

Xiva hokimligi byudjetdan 2,2 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratdi: 850 mln söm gul köçatlariga sarflanadi

Akmal Eshonxonov8 ko'rishlar
Xiva hokimligi byudjetdan 2,2 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratdi: 850 mln söm gul köçatlariga sarflanadi

Xorazm viloyatining Xiva şahrida gul köçatlari xarid qiliş, ijtimoiy yordam, mahalla binosini quriş va boşqa maqsadlar uçun byudjetdan jami 2 milliard 230 million söm ajratildi. Bu böyiça şahar hokimi Temur Davletov tegişli farmoyişlarni imzolagan.

Hujjatlardan biriga köra, «Yaşil makon» loyihasi doirasida manzarali buta va gul köçatlarini xarid qiliş uçun 850 million söm yönaltiriladi. Şuningdek, obodonlaştiriş işlarida qatnaşadigan transport vositalari uçun dizel yoqilğisi xarajatlariga 30 million söm ajratilgan. Jami 880 million söm Şahar obodonlaştiriş boşqarmasiga ötkaziladi.

Bundan taşqari, «Kalta minor» mahallasi binosini yangidan quriş uçun şahar hokimligiga 685 million söm ajratiş belgilangan.

Hokimlik yana kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam körsatiş uçun 165 million söm oladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uçun yozgi bolalar oromgohlarini taşkil etişga 400 million söm, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining moddiy-texnik bazasini taʼminlaşga esa 100 million söm yönaltiriladi.

Mazkur mablağlar mahalliy byudjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hamda yer uçastkalarini sotişdan tuşgan tuşumlar hisobidan ajratilişi belgilangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xiva hokimligi byudjetdan 2,2 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratdi: 850 mln söm gul köçatlariga sarflanadi | Effect.uz