Toşkent şahrida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida 5 ta onalar ölimi holati qayd etildi. Uşbu holatlar ortidan 48 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan intizomiy çora körildi.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 13-noyabrdagi qaroriga köra, onalar ölimi holatlari Uçtepa, Olmazor, Yakkasaroy va Şayxontohur tumanlarida kuzatilgan. Ötgan yilning şu davrida 6 ta holat qayd etilgan.
Hisobot davrida poytaxtda 41 993 nafar tirik tuğiliş qayd etilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5 710 taga kam.
Şuningdek, 47 952 nafar homilador ayoldan 42 126 nafari skrining tekşiruvidan ötkazilgan. Ularning 361 nafarida homila nuqsoni aniqlanib, 233 nafarining homiladorligi töxtatilgan. Qarorda bu orqali ölimga olib kelişi mumkin bölgan nuqsonlarga ega bolalar tuğilişining oldi olingani qayd etilgan.



