2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida Özbekistonda tabiiy gaz taqsimotida aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar va şifoxonalar birinçi navbatda taʼminlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorida belgilangan.
Qarorga köra, 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 31-martgaça gaz taʼminotida uşbu isteʼmolçilar ustuvor hisoblanadi. Havo harorati keskin pasayganda boşqa toifadagi isteʼmolçilarga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin.
Energetika vazirligi masʼul taşkilotlar bilan birgalikda gaz zaxiralari va ob-havo şaroitidan kelib çiqib, kunlik hamda ön kunlik yetkazib beriş jadvallarini işlab çiqadi.
Magistral quvurlarda bosim pasayişi yoki gaz resurslari hajmida özgarişlar kuzatilsa, taqsimot qayta körib çiqiladi. Bunda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan taʼminlaş ustuvorligi saqlanadi.




