Jamiyat

Hokim qarori bekor qilindi, tadbirkorga 3,1 mlrd söm zarar undiriladi

Akmal Eshonxonov29 ko'rishlar
Hokim qarori bekor qilindi, tadbirkorga 3,1 mlrd söm zarar undiriladi

Andijon viloyatida tadbirkorga yer ajratiş böyiça hokim qarori keyinçalik sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi. Oqibatda tadbirkorga yetkazilgan 3,1 mlrd sömdan ortiq zararni qoplaş masalasi yuzaga kelgan.

Maʼlum qilinişiça, Oltinköl tumani hokimining 2020-yil 16-iyuldagi qarorlari asosida «A.B.» MÇJga «Toptik» MFY hududidan 0,12 gektar yer ajratilgan. Tadbirkor uşbu yerda savdo, maişiy va tibbiy xizmat körsatişga möljallangan binolar qurib, köçmas mulkka bölgan huquqini davlat röyxatidan ötkazgan.

Biroq keyinçalik yer ajratişga oid hokim qarorlari maʼmuriy sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan. Natijada tadbirkorga 3,1 mlrd sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Tadbirkor manfaatlarini himoya qilişda amaliy yordam sörab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan. Ombudsman vakillari sud jarayonida iştirok etib, Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga asoslangan holda yetkazilgan zararni qoplaş böyiça yozma fikr taqdim etgan.

Yakunda Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan tuman hokimligidan tadbirkor foydasiga 3,1 mlrd söm zarar undiriş belgilangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Hokim qarori bekor qilindi, tadbirkorga 3,1 mlrd söm zarar undiriladi | Effect.uz