Jamiyat

Toşkentda 307 kişida OIV aniqlandi

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar
Toşkentda 307 kişida OIV aniqlandi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Toşkent şahrida OIV infeksiyasining 307 ta yangi holati qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 17 taga kam. Bu haqda xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 13-noyabrdagi qarorida maʼlum qilingan.

Hujjatga köra, ayni paytda poytaxtda OIV bilan yaşayotganlar soni 10 382 nafarni taşkil etadi. Ularning 5 916 nafari erkaklar, 4 465 nafari ayollar, 137 nafari esa 18 yoşgaça bölgan bolalardir.

Joriy yilda aniqlangan yangi holatlarning 233 tasi (75,9 foiz) jinsiy yöl bilan yuqqan. 13 ta holatda infeksiya tibbiy muolajalar, 4 ta holatda notibbiy parenteral yöl, 6 ta holatda esa giyohvand moddalarni tomir içiga yuboriş orqali yuqqan.

Tumanlar kesimida eng yuqori körsatkiç Bektemir tumanida — 17,0. Misol uçun, Mirobodda 15,4, Uçtepada 14,8, Yangihayotda 11,1, Sergelida 9,8, Yaşnobod va Yunusobodda 9,7 ni taşkil etgan. Uşbu tumanlardagi körsatkiçlar şahar örtaça darajasidan yuqori.

Maʼlumot uçun, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida poytaxtda OIV infeksiyasining 324 ta yangi holati qayd etilgan. Joriy yilda esa bu raqam 307 tani taşkil qilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda 307 kişida OIV aniqlandi | Effect.uz