Jamiyat

Surxondaryoda fuqarolarning soliq qarzi uçun mahalla raislari javob beryapti

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar
Surxondaryoda fuqarolarning soliq qarzi uçun mahalla raislari javob beryapti

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani «Yakkaterak» mahallasi raisi Akrom Misirovning mahalladoşlarga qilgan murojaatida soliq qarzdorligi ortidan mahalla raislari duç kelayotgan bosim haqida söz boradi.

Raisning aytişiça, mahallada soliq tölamagan fuqarolar borligi sababli u va boşqa masʼullar har kuni tuman markaziga yiğilişga çaqirilmoqda.

«Mahallamizdagi soliq tölamagan fuqarolar evaziga biz, mana, ertalab-keçqurun har kuni tuman markaziga yiğilişga borişga majbur bölyapmiz-da», — deydi Akrom Misirov.

Uning taʼkidlaşiça, ayrim fuqarolarning soliq qarzi juda kam miqdorda — yuz yoki ikki yuz ming söm atrofida. Şunga qaramay, bu qarzdorliklar ham mahalla raisining kundalik işiga taʼsir qilmoqda.

«Yana eng alam qilayotgan narsa — şu soliq tölamagan fuqarolardan yuz ming, ikki yuz ming söm qolib ketganlar ham bor», — deydi mahalla raisi.

Raisning sözlariga köra, soliq qarzdorligini undiriş jarayonida ayrim holatlarda majburiy çoralar qöllanişi mumkin. U esa bunday çoralarga borilmasligi uçun aholi bilan işlaşda qiyinçilikka duç kelayotganini bildirgan.

«Keyin köproq soliq tölamagan fuqarolarni ham, qölimizdan keladi, peçat bosib, majburiy ijaraga ötkazib yuboriş. Şu narsani qilmaylik deb odam qiynalyapti-da», — deydi u.

Raisning murojaatida uning şaxsan uşbu jarayondan çarçagani ham oçiq seziladi.

«Har kuni gap eşitişdan bezor bölib ketdik, töğrisini aytaylik», — deydi Akrom Misirov.

Uning aytişiça, ertaga bir million sömdan ortiq soliq qarzi bölgan fuqarolar haqida tegişli departamentga maʼlumot berişga majbur böladi.

«Endi ertaga noilojmiz, endi bir milliondan oşgan soliqdorlarning hammasini departamentga yozib beramiz, boşqa ilojimiz qolmadi, gapning oçiği», — deydi mahalla raisi.

U, şuningdek, yiğilişlarga boriş uçun ertalab soat 06:30 da hokimiyatga borişga töğri kelayotganini aytgan.

«Şu har kuni gap eşitsam, ertalab soat olti öttizda hokimiyatga boriş ham bezor bölib ketdi», — deydi u.

Mahalla raisining uşbu gaplari esa bir savolni örtaga qöyadi: fuqaroning soliq majburiyatini bajarişi uçun mahalla raisi qay darajada masʼul?

Soliq qarzdorligini hisoblaş va undiriş vakolatli organlarning vazifasi bölsa, mahalla raisiga har kuni hisob berdiriş va uni tuman markaziga çaqiriş amaliyotining huquqiy asosi bormi? Bu savolga mutasaddi idoralarning munosabati muhim.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Surxondaryoda fuqarolarning soliq qarzi uçun mahalla raislari javob beryapti | Effect.uz