Respublika böylab ötkazilgan nazorat tadbirlarida aholi uçun ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bilan boğliq holatlar aniqlandi. Birgina 9-noyabr kuni 7 ta holatda jami 249 ta gaz balloni qonunga xilof ravişda saqlanayotgani maʼlum böldi.
Tadbirlarda DXX, Boş prokuratura, IIV, FVV, «Özenergoinspeksiya» hamda «Hududgaztaʼminot» AJ xodimlari iştirok etgan.
Aniqlangan holatlar orasida gaz taʼminoti tizimi xodimlarining qonunbuzilişlari ham bor. Jumladan, Qoraqalpoğistonda «Amudaryotumangaz» bölimi çilangari 104 ta, Surxondaryoda «Şerobodtumangaz» bölimi haydovçisi 25 ta, Toşkent viloyatida esa «Quyiçirçiqtumangaz» bölimi gaz töldiriş şoxobçasi xodimi 3 ta gaz ballonini saqlagani aniqlangan.
Şuningdek, Namanganda bir fuqaroning xonadonida 20 ta, Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ikki fuqaroning uylarida jami 92 ta gaz balloni saqlangani qayd etilgan. Xorazmning Xonqa tumanida esa umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aholi uçun ajratilgan 5 ta gaz ballonidan noqonuniy foydalanilgan.
Maʼlum qilinişiça, aniqlangan 1 160 kilogramm suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojini taʼminlaşi mumkin edi. Gaz ballonlarini xavfsizlik talablariga zid ravişda saqlaş esa yonğin va portlaş xavfini keltirib çiqarişi mumkin.
Masʼul idoralar fuqarolarni gaz ballonlarining şubhali savdosi, noqonuniy saqlanişi yoki aholiga ajratilgan gazdan boşqa maqsadlarda foydalaniş holatlari haqida DXXning 1520 qisqa raqamiga xabar berişga çaqirdi. Xabar beruvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanişi bildirilgan.
Maʼlumot uçun, joriy yil 20-oktyabrdan buyon respublika böyiça 370 ta holatda jami 9 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 158 kilogrammni taşkil etgan.




