Jamiyat

Buxoroda 13 ta quyonni noqonuniy ovlagan brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
Buxoroda 13 ta quyonni noqonuniy ovlagan brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoro viloyatining Peşku tumanida noqonuniy ov bilan şuğullangan beş nafar fuqaro Ekologiya politsiyasi xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, ularga qarşilik körsatdi. Oqibatda bir nafar xodim tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizildi.

Holat Qoraqir massividagi muhofaza etiladigan hududda ötkazilgan reyd davomida aniqlangan. Maʼlum qilinişiça, fuqarolar taqiqlangan tungi yoritiş moslamasi va ov qurolidan foydalanib, jami 13 ta quyonni ovlagan.

Qoidabuzarlikni aniqlaş jarayonida xodimlar harakatlanayotgan «UAZ» rusumli avtomobilni töxtatib, tekşirmoqçi bölgan. Biroq maşinadagi şaxslar ularning talablariga böysunmay, qarşilik körsatgan va bir nafar xodimga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlangan xodimga birinçi tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yotqizilgan. Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari ham jalb etilgan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Buxoroda 13 ta quyonni noqonuniy ovlagan brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi | Effect.uz