Yangihayot tumanida profilaktika inspektoriga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. U Majburiy ijro byurosining ikki nafar davlat ijroçisiga nisbatan zörlik işlatiş, ularning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş va vakolat doirasidan çetga çiqişda gumonlanmoqda. Sud ajrimiga köra, voqea 2026-yil 3-oktyabr kuni sodir bölgan.
Dastlabki tergov hujjatlarida keltirilişiça, Majburiy ijro byurosi Uçtepa tuman bölimining uç nafar davlat ijroçisi mavjud ijro hujjati asosida fuqaro M.A.dan 7 million 407 ming söm qarzdorlikni undiriş uçun uning xonadoniga borgan.
Biroq qarzdor va uning oila aʼzolari xonadon eşigini qulflab qöygan. Şundan söng ular profilaktika inspektori Ya.R.ni voqea joyiga çaqirgan.
Tergov versiyasiga köra, Ya.R. boşqa ikki nafar IIB xodimi bilan birga voqea joyiga borganidan keyin MIB va IIB xodimlari örtasida tortişuv kelib çiqqan.
Iş materiallarida aytilişiça, IIB xodimlari ikki nafar MIB davlat ijroçisiga nisbatan jismoniy kuç işlatgan, ularga tan jarohati yetkazgan va xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilgan.
Şuningdek, tergov hujjatlarida MIB xodimlari zörlik işlatilgan holda xizmat avtomobiliga majburan mindirilgani va tuşuntiriş xati oliş maqsadida Yangihayot tuman IIO FMB maʼmuriy binosiga olib borilgani qayd etilgan.
Iş materiallariga köra, MIB xodimlari soat 11:00 dan 11:17 gaça maxsus xizmat avtomobilida uşlab turilgan. Ekspertiza xulosasida esa MIB xodimlarida yengil tan jarohatlari aniqlangani körsatilgan.
Profilaktika inspektori Ya.R.ga Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi «a» bandi, 206-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik böyiça gumonlov eʼlon qilingan.
Prokuror suddan unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasini qöllaşni söragan. Iltimosnomada Ya.R. ozodlikda qoldirilsa, tergov organlaridan yaşirinişi yoki takroran jinoyat sodir etişi mumkinligi asos sifatida keltirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tuman sudi prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, profilaktika inspektori Ya.R.ga nisbatan qamoq ehtiyot çorasini qöllagan.
Ayni paytda keltirilgan holatlar — tergov versiyasi va sud ajrimida bayon etilgan maʼlumotlar. Ya.R.ning aybi sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan hali tasdiqlangani haqida maʼlumot yöq.




