2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida ham şunça bölgan. Bu haqda xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 13-noyabrdagi qarorida maʼlum qilingan.
Hujjatga köra, joriy yilning töqqiz oyida ikki yilgaça oraliqda farzandli bölgan ayollar soni 2 054 nafarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 133 nafarga köp.
Törtinçi va beşinçi farzandini dunyoga keltirgan ayollar soni 3 149 nafar bölib, ötgan yilga nisbatan 22 nafarga kamaygan. 35 yoşdan katta ayollar örtasida esa 2 898 ta tuğruq qayd etilgan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 2 758 tani taşkil qilgan.
Poytaxtda yanvar–sentyabr oylarida jami 41 993 nafar çaqaloq tirik tuğilgan. Bu 2025-yilning şu davridagi körsatkiçdan 5 710 nafarga kam.
Hisobot davrida onalar ölimi bilan boğliq 5 ta holat qayd etilgan. Ötgan yilning mos davrida esa 6 ta holat kuzatilgan. Onalar ölimi koeffitsiyenti har 100 ming nafar tirik tuğilgan çaqaloqqa nisbatan 11,9 ni taşkil etgan.
Qarorda 15–16 yoşli qizlar örtasida homiladorlikning oldini oliş maqsadida taʼlim muassasalari, mahallalar va oilalar bilan profilaktik işlarni taşkil etiş vazifasi ham belgilangan.




