Jamiyat

Avtomobil porşenlari içiga yaşirilgan giyohvandlik moddalari aniqlandi

Akmal Eshonxonov25 ko'rishlar
Avtomobil porşenlari içiga yaşirilgan giyohvandlik moddalari aniqlandi

«Ayritom» çegara bojxona postida Afğoniston fuqarosi boşqaruvidagi «Toyota» avtomaşinasi tekşirilganda, dvigatel porşenlari uçun möljallangan ehtiyot qismlar içiga yaşirilgan qariyb 400 gramm «opiy» topildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona va içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning Termiz şahrida vaqtinça yaşab turgan xonadoni ham tekşirildi. U yerdan yana 848 gramm «opiy» va 551 gramm «geroin» aniqlandi.

Keyingi tezkor tadbirlarda giyohvandlik moddalarini qabul qilib olişi kerak bölgan, Denov tumanida yaşovçi 1993-yilda tuğilgan şaxs Şörçi tumanida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28-moddasi orqali 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Giyohvandlik vositalari tarqatilişiga oid şubhali holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqamiga xabar beriş söraldi. Xabar beruvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Avtomobil porşenlari içiga yaşirilgan giyohvandlik moddalari aniqlandi | Effect.uz