Jamiyat

Toşkentda 72 kişi uşlangan ikki yaşirin koll-markaz faoliyati foş etildi

Akmal Eshonxonov5 ko'rishlar
Toşkentda 72 kişi uşlangan ikki yaşirin koll-markaz faoliyati foş etildi

Toşkent şahrining Mirobod tumanida noqonuniy onlayn qimor öyinlari va internet firibgarligi bilan şuğullanganlikda gumonlanayotgan ikki guruh faoliyatiga çek qöyildi. Tezkor tadbirlarda jami 72 nafar şaxs uşlandi.

Birinçi guruh Farğona 1-tor köçasidagi oyiga 9 ming dollarga ijaraga olingan xonadonda faoliyat yuritgan. U yerda 52 nafar şaxs qölga olindi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, ular noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik öyinlari uçun pul qabul qiliş, mablağlarni bank kartalariga ötkaziş hamda pul yuviş bilan şuğullangan.

Xonadondan 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va uçta Starlink qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Katta Mirobod köçasidagi ikkinçi manzilda esa oyiga 2 ming dollarga ijaraga olingan yaşirin koll-markaz aniqlangan. U yerda 20 nafar şaxs uşlangan. IIBB maʼlumotiga köra, ular soxta iş takliflari orqali foydalanuvçilar işonçiga kirib, pullarini aldov yöli bilan qölga kiritişda gumonlanmoqda.

Ikkinçi manzildan 24 ta noutbuk, bir planşet, 52 ta telefon va törtta Wi-Fi qurilmasi olingan.

Tekşiruvda har ikki guruhda rahbarlar, iş boşqaruvçilar, operatorlar va qöriqçilardan iborat vazifalar taqsimoti mavjudligi aniqlangan. Şuningdek, ular faoliyati bilan boğliq 576 ming dollarlik kriptoaktivlar aylanmasi foş etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda 72 kişi uşlangan ikki yaşirin koll-markaz faoliyati foş etildi | Effect.uz