Toşkent viloyatida Instagram va Telegram orqali arzon mahsulotlar sotişni vaʼda qilib, xaridorlardan oldindan pul olganlikda gumonlangan 18 yoşli yigit qölga olindi. U 11 ta firibgarlik holatiga aloqador bölişi mumkin.
IIV maʼlumotiga köra, Sirdaryo viloyatida tuğilgan yigit soxta sahifalar oçib, avtomobil ehtiyot qismlari, aksessuarlar hamda Dubay va Koreyadan keltirilgan telefonlarni arzon narxlarda taklif qilgan. Xaridorlardan 300 ming sömdan 2 million sömgaça oldindan tölov olib, keyin ular bilan aloqani uzgan.
Jumladan, Nurafşon şahrida yaşovçi fuqaro avtomobil ehtiyot qismlari uçun 1 million 940 ming söm ötkazgan, biroq buyurtmasini olmagan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçining 11 ta firibgarlik holatiga aloqadorligi aniqlangan. Jabrlanuvçilarga yetkazilgan umumiy zarar 10 million 645 ming sömni taşkil etadi.
Qayd etilişiça, yigit avval ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan bir neça bor sudlangan.




