Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalariga joylaştirilgan 500 ga yaqin videorolik «Reklama töğrisida»gi qonun talablariga zid deb topildi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, qömitaning Jizzax viloyati hududiy boşqarmasi 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida Jizzax Leader Food MÇJ hamda «Aziz boğişamol klub» MÇJga qaraşli tungi klublar reklamalarini örgangan.
Tahlil davomida videoroliklarda milliy va oilaviy anʼanalarga, şuningdek, axloq va maʼnaviyatning umumeʼtirof etilgan normalariga zid tasvir va obrazlardan foydalanilgani aniqlangan.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Jizzax viloyati bölimi xulosasiga asosan, mazkur reklamalar «Reklama töğrisida»gi qonunning 16-moddasi talablariga zid deb topilgan.
Natijada har ikki klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan qonunga zid reklama materiallari olib taşlangan. Qömita maʼlumotiga köra, bu orqali 120 mingdan ortiq obunaçi nomaqbul reklama taʼsiridan himoyalangan.




