Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-noyabrdagi 640-son qarori bilan huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş tartibi tasdiqlandi.
Nizomga köra, masʼul subyektlar öz xizmat va kasbiy faoliyati davomida huquqbuzarliklar, jumladan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik, voyaga yetmaganlarning nikohi hamda 16 yoşgaça bölgan homiladorlik holatlarini aniqlasa, bu haqda tegişli idoralarga xabar berişi kerak.
Bunday holatlar fuqarolar murojaatlari, taʼlim muassasalaridagi pedagogik kuzatuvlar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar, şuningdek, tibbiy körik va davolaş jarayonlarida aniqlanişi mumkin.
Xabarnoma yuborilganidan söng masʼul xodim jabrlanuvçiga bu haqda maʼlumot berişi, şuningdek, uning huquqlari va mavjud yordam çoralarini tuşuntirişi lozim. Jumladan, xotin-qizlarga himoya orderi oliş, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va boşqa taşkilotlardan yordam söraş hamda bepul yuridik maslahat oliş huquqi haqida maʼlumot beriladi.ZIdoraviy axborot tizimlari töliq integratsiya qilinguniga qadar bunday holatlar haqida Içki işlar vazirligining «102» yoki «112» yagona dispetçerlik xizmatiga telefon orqali xabar beriladi.




