Qorong‘i rejim
Özbekiston

Profilaktika inspektorlarini çaqiriş uçun maxsus tugmalar örnatiladi

Akmal Eshonxonov13 ko'rishlar
Profilaktika inspektorlarini çaqiriş uçun maxsus tugmalar örnatiladi

Özbekistonda 2027-yil 1-fevraldan fuqarolar profilaktika inspektorlari bilan istalgan vaqtda tezkor boğlanişi uçun maxsus aloqa tugmalari joriy etiladi. Ular inspektorlarning mahalladagi xizmat xonalari eşiklariga örnatiladi.

Bu Vazirlar Mahkamasining 25-noyabrdagi 639-son qarorida belgilangan. Unga köra, respublika böyiça jami 8 837 ta xizmat xonasi bosqiçma-bosqiç aloqa tugmalari bilan jihozlanadi. 2027-yilda 2 941 ta, 2028-yilda esa qolgan 5 896 ta xonaga qurilmalar örnatiladi.

Tugma bosilganda inspektorning xizmat planşeti yoki mobil qurilmasiga ovozli signal keladi. Agar mahallada bir neçta inspektor xizmat qilsa, xabar ularning barçasiga bir vaqtda yuboriladi. Inspektorlar murojaatni 5 daqiqa içida qabul qilişi kerak.

Zarur hollarda inspektor hodisa joyiga yetib boradi yoki boşqa masʼul xodimlarni jalb qiladi. Boşqa davlat organlari vakolatiga kiradigan murojaatlar esa 112 yagona dispetçerlik xizmatiga yuboriladi.

Qarorda yangi aloqa tugmalari joriy etilişi içki işlar organlarining qisqa raqamlari va 112 xizmatiga murojaat qiliş tartibini bekor qilmasligi ham belgilangan. Fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari qonunçilikda belgilangan tartibda himoya qilinadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Profilaktika inspektorlarini çaqiriş uçun maxsus tugmalar örnatiladi | Effect.uz