Milliy gvardiyaning qöriqlaş sohasidagi vakolatlarini kengaytiriş va xizmat qamrovini oşiriş rejalaştirilmoqda. Taklifga köra, qöriqlanadigan obyektlar turi 13 tadan 24 taga yetkaziladi.
Şuningdek, jismoniy va texnik qöriqlaş, tanqisçilik xizmati hamda turli tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmatlar kölamini kengaytiriş közda tutilgan.
Rejaga muvofiq, 2027-yilda qöriqlanadigan obyektlar sonini 600 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar sonini esa 800 taga yetkaziş maqsad qilingan.
Bundan taşqari, yana 1,5 mingta mahallada patrullik xizmatini taşkil etiş uçun qöriqlaş xizmati xodimlari sonini 8 ming nafarga oşiriş taklif etilmoqda.




