Qorong‘i rejim
Özbekiston

Göşt işlab çiqarişni 400 ming tonnaga oşiriş rejalaştirilmoqda

Akmal Eshonxonov42 ko'rishlar
Göşt işlab çiqarişni 400 ming tonnaga oşiriş rejalaştirilmoqda

2030-yilga borib çorva uçun ozuqa yetiştiriş hajmini 90 million tonnaga yetkaziş, qoramollarning tirik vaznini 550 kilogrammgaça oşiriş va qöşimça 400 ming tonna göşt işlab çiqariş maqsad qilingan.

25-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga çorvaçilikda ozuqa bazasini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot ötkazildi.

Maʼlum qilinişiça, hozirda mamlakatda yiliga 48 million tonna ozuqa yetiştiriladi. Bu miqdorni 2027-yilda 64,5 million tonnaga, 2030-yilga borib esa 90 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Ayni paytda Özbekistonda 12,5 million boş qoramol, 23 million boş qöy-eçki va 125 million boş parranda boqilmoqda. Bir boş qoramol uçun yiliga 6,5 tonna ozuqa talab etilsa-da, amalda bu körsatkiç 4 tonnadan oşmayapti. Ozuqa xarajatlari göşt tannarxining 30 foizini taşkil etadi.

Taqdimotda ozuqabop ekinlar hosildorligini gektariga 350 sentnerdan 500 sentnergaça oşiriş, 2030-yilga qadar 200 ming gektar yerni qayta foydalanişga kiritiş belgilandi. Şuningdek, kelgusi yilning özida 50 ming gektar yerda ozuqabop ekinlar yetiştiriş közda tutilgan.

Yaylovlar mahsuldorligini oşiriş maqsadida 2030-yilgaça bir million gektar maydonda dronlar yordamida uruğ sepiş rejalaştirilmoqda. Qaşqadaryo viloyatining sakkizta tumanida esa qurğoqçilik va şörlanişga çidamli ekinlar yetiştiriş yölga qöyiladi.

Bundan taşqari, ozuqa yetiştiriş maydonlari va ekin turlari hisobi raqamlaştiriladi, çorvaçilik uçun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalaniş kosmik monitoring orqali nazorat qilinadi.

Aholi xonadonlarida boqilayotgan qoramollarni sifatli ozuqa bilan taʼminlaş uçun hududlarda 100 dan ortiq ozuqa markazi va şoxobçasi taşkil etiladi. Ular ozuqani yirik hajmda xarid qiliş, qayta işlaş, zaxiralaş va bozorga uzluksiz yetkazib beriş bilan şuğullanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Göşt işlab çiqarişni 400 ming tonnaga oşiriş rejalaştirilmoqda | Effect.uz