Özbekistonda özbeklar eng yirik milliy guruh hisoblanadi. Ular 34,9 million kişi yoki mamlakat aholisining 89,4 foizini taşkil etadi. Şu bilan birga, özbek tilini ona tili sifatida biluvçilar soni etnik özbeklar sonidan 753 ming nafarga köp.
Milliy tarkib böyiça keyingi örinlarda tojiklar — 1,28 million (3,3 foiz), qoraqalpoqlar — 841 ming (2,2 foiz), qozoqlar — 707 ming (1,8 foiz) va ruslar — 607 ming (1,6 foiz) turadi.
Şuningdek, mamlakatda 219 ming nafar qirğiz (0,6 foiz), 195 ming nafar turkman (0,5 foiz) istiqomat qiladi. Boşqa millat vakillari esa 300 ming kişini yoki aholining 0,8 foizini taşkil etadi.
Ona tili böyiça maʼlumotlarga köra, özbek tilini ona tili sifatida körsatganlar soni 35,65 million nafarga yetgan. Bu umumiy aholining 91,3 foizidir.
Şunday qilib, özbek tilini ona tili deb biluvçilar soni etnik özbeklar sonidan 753 ming nafarga köp. Bu esa mamlakatda özbek tilidan turli millat vakillari ham ona tili sifatida foydalanişini körsatadi.




