Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrifi doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya şahrida yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Tadbirda “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani eʼlon qilindi.
Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi saʼy-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.
Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvda sözga çiqib, taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdöğanga çuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning “Nol çiqindi” taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida eʼtirof etdi. “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilişini qöllab-quvvatladi.
Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik taʼlimni rivojlantiriş, şuningdek, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.




