Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbulda ötkazilgan matbuot anjumanida mamlakat turizm sohasining 2026-yil uçinçi çoragi va dastlabki töqqiz oyi yakunlariga oid natijalarni eʼlon qildi.
Yanvar-sentyabr oylarida turizmdan olingan daromad ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,4 foizga oşib, 51,3 milliard AQŞ dollariga yetdi. Bu mamlakat tarixidagi töqqiz oylik davr uçun eng yuqori körsatkiçdir. Uçinçi çorakning özida esa turizm daromadi 5 foizga ösib, rekord darajadagi 25,5 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi.
“Bu yil xalqaro turizm jiddiy sinovlarga duç keldi. Mintaqamizdagi mojarolar, havo hududidan foydalanişga qöyilgan çeklovlar, energiya resurslari va aviaçiptalar narxining oşişi sayohatga çiqiş haqidagi qarorlarga ham, aviakompaniyalarning taşiş imkoniyatlari va turoperatorlar dasturlariga ham taʼsir körsatdi. Ana şunday şaroitda Turkiya barqarorlik oroli sifatida ajralib turdi.
2018-yildan buyon turizm sohasining inqirozlarga bardoşliligini oşiriş uçun izçil çoralar körib kelinmoqda. Turkiya turizmni tarğib qiliş va rivojlantiriş agentligini (TGA) taşkil etiş orqali tarğibot işlarini uzluksiz va tizimli yölga qöydik, sayyohlar keladigan mamlakatlar doirasini kengaytirib, turistik takliflarning turini köpaytirdik. Şunday murakkab yilda uçinçi çorak va dastlabki töqqiz oy yakunlari böyiça tariximizdagi eng yuqori daromadga erişganimiz bu yondaşuvning samarasini körsatadi. Kelgusida asosiy bozorlardagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, katta salohiyatga ega bozorlarda, xususan, Amerika qitʼasi mamlakatlari, Kanada, Şarqiy Osiyo, Afrika va Okeaniyada faoliyatimizni yanada jadallaştiramiz”, - dedi vazir Mehmet Nuri Ersoy.
Yilning dastlabki töqqiz oyida sayyohlarning örtaça qoliş muddati 0,3 foizga uzayib, 10,34 keçani taşkil etdi. Bir keçaga töğri keladigan örtaça xarajat esa 4,6 foizga oşib, 107,7 AQŞ dollariga yetdi. Şu davrda mamlakatga jami 49,1 million kişi taşrif buyurdi. Rossiya Federatsiyasi (5,70 million), Germaniya (5,17 million) va Buyuk Britaniya (3,20 million) Turkiyaga eng köp sayyoh taşrif buyuradigan uç yetakçi mamlakat sifatidagi örnini saqlab qoldi.




