Jahon

Pulingizni oson köpaytirib beramiz: 100 yillik firibgarlik sxemasi

Akmal Eshonxonov12 ko'rishlar
Pulingizni oson köpaytirib beramiz: 100 yillik firibgarlik sxemasi

Tasavvur qiling: siz bir insonga pul berasiz. U esa atigi 45 kun içida mablağingizni 50 foizga köpaytirib berişni vaʼda qiladi.

Eng qiziği, dastlab u vaʼdasini bajaradi. Siz foyda olasiz. Unga bölgan işonçingiz ortadi. Hatto yaqinlaringiz va tanişlaringizga ham uni tavsiya qila boşlaysiz.

Ammo siz bilmaydigan bir jihat bor: sizga tölanayotgan «foyda» aslida heç qanday real daromaddan emas, balki tizimga keyinroq kirgan odamlarning mablağlaridan tölanayotgan bölişi mumkin.

Yangi iştirokçilar kelişi davom etsa, sxema işlayotgandek körinadi. Ammo bir kun kelib yangi pul oqimi töxtaydi.

Şunda tizim quladi: vaʼdalar bajarilmaydi, tölovlar töxtaydi va iştirokçilar öz mablağlarini qaytarib ololmay qolişi mumkin. Bu bugun paydo bölgan internet firibgarligi emas.

Bunday sxema tarixda bundan yuz yildan ortiq vaqt avval ham mavjud bölgan. Uning eng maşhur namunalaridan biri amerikalik Çarlz Ponsi nomi bilan boğliq.

Ponsi investorlarga qisqa vaqt içida yuqori daromad vaʼda qilgan. Dastlabki iştirokçilarga tölovlar amalga oşirilişi esa yangi investorlarni jalb qilişga xizmat qilgan.

Natijada odamlarda «bu iş haqiqatan ham foyda keltirar ekan» degan tasavvur paydo bölgan. Aslida esa tizimning barqarorligi yangi mablağlarning doimiy ravişda kirib kelişişiga boğliq edi.

Şu sababli bugun «45 kunda 50 foiz», «kafolatlangan yuqori daromad», «tavakkalçiliksiz investitsiya» kabi vaʼdalarga duç kelganda, eng avvalo bitta savolni beriş kerak:

Bu foyda qayerdan kelyapti? Çunki juda yuqori va kafolatlangan daromad vaʼdasi köpinça imkoniyat emas, balki xavfning özi bölişi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Pulingizni oson köpaytirib beramiz: 100 yillik firibgarlik sxemasi | Effect.uz