Jahon

Samarqandda ŞHT plyus ekspertlar muloqoti yakunlandi

Akmal Eshonxonov14 ko'rishlar
Samarqandda ŞHT plyus ekspertlar muloqoti yakunlandi

24 ta mamlakat va 5 ta xalqaro taşkilot vakillari iştirokida ötgan muloqot yakunida Qöşma kommyunike qabul qilindi.

2026-yil 6-noyabr kuni Samarqand şahrida «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş» mavzusida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini yakunladi.

Tadbirda ŞHTga aʼzo, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik davlatlar maxsus xizmatlarining 180 nafardan ortiq vakili iştirok etdi. Şuningdek, 24 ta mamlakat va 5 ta xalqaro taşkilotdan 33 ta delegatsiya qatnaşdi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning muloqot iştirokçilariga yöllagan murojaatida axborot xavfsizligini taʼminlaş, öta muhim infratuzilmani himoya qiliş hamda davlatlarning buzğunçi taʼsirlarning yangi şakllariga bardoşliligini oşiriş muhimligi taʼkidlandi.

Raqamli texnologiyalar taraqqiyot uçun keng imkoniyatlar yaratişi bilan birga, yangi xavf-xatarlarni ham keltirib çiqarayotgani qayd etildi.

Muloqot plenar majlis şaklida ötkazildi. Unda milliy tajribalarni örganiş, samarali hamkorlik mexanizmlarini yölga qöyiş, raqamli makonda terrorçilik faoliyatiga çek qöyiş, ekstremizm va radikalizm ğoyalari tarqalişining oldini olişga qaratilgan taʼsirçan vositalarni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.

Terrorçilik tarğibotini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş va noqonuniy faoliyatni muvofiqlaştirişda sunʼiy intellekt, raqamli platformalar hamda boşqa texnologik vositalardan foydalaniş bilan boğliq xavf-xatarlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Iştirokçilar «ŞHT plyus» formati ekspertlik yondaşuvlarini yaqinlaştiriş, amaliy tajriba almaşiş va xavfsizlik masalalari böyiça tavsiyalar işlab çiqiş uçun oçiq maydon sifatida muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Muloqot yakunida delegatsiyalar rahbarlari Qöşma kommyunike qabul qildilar.

Hujjatda yangi texnologiyalarning terrorçilik tahdidlariga taʼsiri böyiça tadqiqotlar ötkaziş, samarali profilaktika tajribalari şarhlarini tayyorlaş, şuningdek, muayyan mavzularga bağişlangan seminarlar va malaka oşiriş dasturlarini işlab çiqiş taklif etildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Samarqandda ŞHT plyus ekspertlar muloqoti yakunlandi | Effect.uz