Madad Invest Bank — hozirgi MyBankʼning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengaşi raisi, tadbirkor Möminjon Yöldoşevning Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani haqidagi maʼlumotlardan söng uning qidiruv kartoçkasi olib taşlangani aytilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, Möminjon Yöldoşev 2026-yil sentyabr oyida Özbekiston sörovi asosida Interpolning Red Notice tizimi orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi. Unga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi — özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişga oid ayblov körsatilgan.
Tadbirkorning Interpol qidiruvi röyxatidan çiqarilgani haqidagi xabar esa qator savollarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, qidiruv kartoçkasi qanday asosda olib taşlangani, Özbekiston tomonining sörovi qaytarib olingani yoki Interpol tomonidan boşqa qaror qabul qilingani hozirça aniq emas.
Şuningdek, qidiruv kartoçkasining olib taşlanişi jinoyat işi tugatilgani yoki tadbirkorga nisbatan ayblov bekor qilinganini anglatadimi — bu masalaga ham rasmiy aniqlik kiritilişi zarur.
Möminjon Yöldaşevning özi va tegişli idoralar tomonidan uşbu holat yuzasidan rasmiy izoh berilgani haqida hozirça maʼlumot mavjud emas.




