Jahon

Qozoğistonda davlat töntarişiga uringanlar qölga olindi

Akmal Eshonxonov16 ko'rishlar
Qozoğistonda davlat töntarişiga uringanlar qölga olindi

Maʼlum qilinişiça, qölga olinganlar terrorizmni tarğib qiliş va diniy adovat qözğatişda ham gumonlanmoqda.

2026-yil 30-oktyabr kuni Qozoğistonning Atirau viloyatida Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari ekstremistik guruh tuziş, unga rahbarlik qiliş va uning faoliyatida iştirok etişda gumonlangan 10 nafar şaxsni qölga oldi. Bu haqda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi xabar berdi.

Tergov maʼlumotlariga köra, guruh aʼzolari mamlakatning ğarbiy hududida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zöravonlik yöli bilan özgartirişni maqsad qilgan.

Gumonlanuvçilarning yaşaş joylarida ötkazilgan tintuvlar davomida öqotar qurollar, giyohvandlik moddalari, diniy atributika, adabiyotlar va boşqa aşyoviy dalillar musodara qilingan.

Şuningdek, Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari guruh iştirokçilari taşkil etgani aytilgan bolalar va ösmirlar uçun möljallangan uçta yaşirin taʼlim markazi faoliyatiga çek qöygan. Ayrim gumonlanuvçilar avval ham terrorçilik va umumiy jinoyatlar uçun sudlangan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qozoğistonda davlat töntarişiga uringanlar qölga olindi | Effect.uz