Samarqandning tarixiy-madaniy merosiga oid ayrim materiallar Tehronning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qilingani Toşkentning keskin eʼtiroziga sabab böldi.
2026-yil 23-oktyabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Uçraşuvda Eron tomoniga Özbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirildi.
Norozilikka Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan «X» ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallar eʼlon qilingani sabab bölgan.
Uçraşuvda Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlandi.
Özbekiston tomoni Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik anʼanalari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişini qayd etdi.
Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalar esa siyosiylaştirilmasligi lozimligi urğulandi.
Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirildi.
Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaşini bildirgan holda, mamlakatning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qolişini taʼkidladi.




