Sönggi vaqtlarda Qahramonjon Olimov nomi atrofida turli daʼvolar va huquqiy jarayonlar muhokama qilinmoqda. Endi tadbirkor özining yuridik vakili orqali uşbu voqealarga ilk bor oçiq munosabat bildirib, öziga qöyilayotgan ayblovlarni rad etdi.
Qahramonjon Olimov FEDIDA ASSOCIES yuridik kompaniyasi orqali tarqatilgan bayonotida sönggi 18 oy davomida özi va oilasi turli hujumlarga duç kelganini maʼlum qilgan.

Olimovning aytişiça, 2025-yil 24-iyun kuni Parijda öğirlab ketilgan, ikki kun davomida noqonuniy uşlab turilgan va ozodlikka çiqişi uçun tovon puli tölaşga majburlangan.
«2025-yil 24-iyun kuni Parijda meni öğirlab ketişdi. Ikki kun davomida noqonuniy ravişda uşlab turişdi, qiynoqqa solişdi va ozodlikka çiqişim uçun tovon puli tölaşga majbur qilişdi», — deydi Olimov.
Uning maʼlum qilişiça, Fransiya politsiyasi olib borgan tergov natijasida beş kişi hibsga olingan va sudga qadar qamoqda saqlanmoqda. Yana ikki kişiga nisbatan sud nazorati çoralari qöllangan.
Olimovning sözlariga köra, ayblanuvçilarni garov evaziga ozod qiliş haqidagi iltimosnomalar rad etilgan.
Interpol bilan boğliq masala
Bayonotning yana bir muhim qismi — Interpol bilan boğliq vaziyat. Olimovning taʼkidlaşiça, Özbekiston tomonidan unga nisbatan Interpolning xalqaro qidiruvga oid qizil bildirişnomasi çiqarilgan. Unda Olimov odam öğirlaşda ayblangani aytilmoqda.
Olimov esa bu ayblovni rad etib, aksinça, mazkur jinoyatda özi jabrlanuvçi bölganini bildirgan.
«Meni odam öğirlaşda ayblaşmoqda, holbuki, bu jinoyatning özidan men jabrlanuvçi bölganman. Mazkur qizil bildirişnoma hozirda Interpol veb-saytidan olib taşlangan», — degan u.
Olimov öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etib, sudda öz huquqlarini himoya qilayotganini bildirgan.
Şuningdek, uning aytişiça, sönggi voqealardan keyin özi va bizneslariga nisbatan iqtisodiy, huquqiy hamda obrösiga putur yetkazişga qaratilgan harakatlar davom etgan.
Olimov Fransiya va Özbekiston sud tizimlariga işonç bildirib, özi taʼkidlayotgan jinoyatlarga aloqador şaxslar qonun oldida javob berişlariga işonç bildirgan.
Uning fikriça, mazkur holatlarning xolis va har tomonlama örganilişi Özbekistonning xalqaro obrösi, şuningdek, mahalliy va xorijiy investorlar uçun oçiq va işonçli muhitni taʼminlaş nuqtai nazaridan ham muhim.
Eslatma: bayonotda keltirilgan öğirlaş, qiynoq, tovon puli talab qilinişi va boşqa holatlar Olimov hamda uning yuridik vakili keltirgan maʼlumotlardir. Uşbu daʼvolarning huquqiy bahosi tegişli tergov va sud organlari tomonidan berilişi lozim.




