Amerikalik Kodi Uilson sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilganini ta’kidlayotgan WASP nomli to‘pponchani namoyish etdi. 22 kalibrli qurol GatGPT deb nomlangan maxsus sun’iy intellekt modeli yordamida yaratilgan.
Qurolga egalik qilish huquqi faoli Kodi Uilson 3D-printer yordamida tayyorlanadigan qurollar sohasidagi yangi ishlanmasini taqdim etdi. U WASP deb nomlangan ushbu qurolni dunyodagi ilk “sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan qurol” deb atamoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, WASP plastik korpusga o‘rnatilgan prujinali mexanizm va to‘pponcha stvolidan iborat bo‘lib, Uilsonning avvalgi ishlanmasi — Liberator nomli bir martalik 3D-bosma qurolni eslatadi. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi an’anaviy to‘pponchalardan ancha farq qiladi.
Uilsonning ta’kidlashicha, u shunchaki sun’iy intellekt yordamida qurol yaratmagan, balki qurol loyihalarini ishlab chiqishga qodir bo‘lgan maxsus sun’iy intellekt modelini ham yaratgan. GatGPT deb nomlangan ushbu model DEFCAD platformasidagi raqamli qurol loyihalari kutubxonasi asosida o‘qitilgan. Xabarda aytilishicha, model qurol yasash uchun zarur qismlarni tanlashda ham yordam bera oladi.
Mazkur ishlanma seriya raqamiga ega bo‘lmagan va kuzatish qiyin bo‘lgan uy sharoitida tayyorlangan qurollar — “arvoh qurollar” (ghost guns) tarqalishi bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirishi mumkin. Uilson qurolga egalik qilishni “insonning fundamental huquqi” deb hisoblashini bildirgan.
The Verge xabariga ko‘ra, WASP loyihasi sun’iy intellekt bilan oddiy muloqot orqali ishlab chiqilgan. Nashr shuningdek, qurol haqiqiy o‘qlarni otishga qodirligini va unda seriya raqami mavjud emasligini qayd etgan.
Amerikalik yigit ChatGPT loyihalagan haqiqiy o‘q otuvchi to‘pponchani 3D-printerda chop etdi
Administrator2 soat oldin11 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
Rim papasi Putinga qoʻngʻiroq qildi
17-oktabr, 2026, 13:3762

Jahon
Rossiyada migrantlar ommaviy tekshirildi
17-oktabr, 2026, 13:0032

Jahon
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi
15-oktabr, 2026, 12:3918

Jahon
"Anorbank"ning asosiy aksiyadori interpol qidiruvidan yechilgani aytilmoqda
15-oktabr, 2026, 12:2866