Jahon

Istanbuldagi Rami kutubxonasi dunyoning eng yaxşi «yaşil kutubxonasi» deb topildi

Akmal Eshonxonov16 ko'rishlar
Istanbuldagi Rami kutubxonasi dunyoning eng yaxşi «yaşil kutubxonasi» deb topildi

1826–1828 yillarda qurilgan tarixiy kazarmalarni qayta tiklaş va restavrasiya qiliş işlari yakunlangaç, majmua 2023-yilda qayta foydalanişga topşirildi. Töliq qayta tiklaş jarayonida binoning tarixiy qiyofasi va asl quriliş materiallari maksimal darajada asrab qolindi. Bugungi kunda Rami kutubxonasi 36 000 m² yopiq maydon va 4 200 kişilik örindiq siğimiga ega bölib, Turkiyaning eng yirik axborot markazlaridan biri hisoblanadi. Majmua hududida raqamli, yoşlar va kattalar kutubxonalari bilan bir qatorda turli ixtisoslaşgan bölimlar ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Kutubxona dizaynida ekologik yeçimlar markaziy örinni egallaydi. 51 ming kvadrat metrlik kökalamzor hududga ega majmua Yevropadagi «eng katta yopiq landşaft maydoniga ega kutubxona» maqomini egallagan. Hududdagi 696 ta daraxt, 99 ming tup buta, biologik hovuz va qamişzorlar şahardagi biologik xilma-xillikni qöllab-quvvatlaydi hamda mahalliy mikroiqlimni yaxşilaşga xizmat qiladi. Binoning keng tom yuzalaridan yiğiladigan yomğir suvi qayta işlanib, kökalamzorlarni suğoriş va hojatxonalar uçun yönaltiriladi. Energiya sarfini kamaytiriş uçun quyoş panellari, kam energiya talab qiladigan uskunalar, LED yoritiş va aqlli sensorlardan foydalaniladi. Şuningdek, çiqindilar manba joyida saralanadi, bir martalik plastiklardan foydalaniş çeklanadi va içki iş jarayonlari töliq raqamlaştirilgan.

Rami kutubxonasi «tirik kutubxona» konsepsiyasini ilgari surib, iqlim savodxonligini oşirişga qaratilgan seminarlar va ekologik ta’lim dasturlarini ötkazadi. Majmuaning Maxsus resursli markazi turli ehtiyojli foydalanuvçilar uçun teng imkoniyatlar yaratadi. Şuningdek, majmuaning «Şifahane» (restavrasiya) bölimida noyob qölyozmalar va bosma manbalar qayta tiklanib, kelajak avlodlarga yetkaziş uçun asrab qolinmoqda. Kutubxona 24/7 formatida faoliyat yuritadi va tabiiy ofatlar vaqtida aholi uçun xavfsiz yiğiliş punkti vazifasini ham bajaradi.

Mazkur köp qirrali taşabbuslar tufayli Rami kutubxonasi Turkiyada «Biosphere Sustainable Museum Certificate», «Zero Waste Certificate» va «Green Energy Certificate» sertifikatlarini qölga kiritgan ilk kutubxona böldi. 2023-yilda oçilganidan buyon 8,2 milliondan ortiq taşrif buyuruvçini qabul qilgan majmuaning xalqaro mukofotga sazovor bölişi — zamonaviy kutubxonalar kelajagi nafaqat kitoblar, balki inson va atrof-muhit bilan uyğunlikda ekanini yana bir bor isbotladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Istanbuldagi Rami kutubxonasi dunyoning eng yaxşi «yaşil kutubxonasi» deb topildi | Effect.uz