Jahon

Rossiyada migrantlar farzandlari uçun patent tölovi oşiriladi

Akmal Eshonxonov14 ko'rishlar
Rossiyada migrantlar farzandlari uçun patent tölovi oşiriladi

2027-yil 1-yanvardan Rossiyada mehnat migrantlari öz qaramoğidagi har bir voyaga yetmagan farzandi uçun patent tölovini 50 foizga köproq tölaydi. Bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev maʼlum qildi.

Yangi tartib alohida soliq joriy etilişini emas, balki patent uçun tölanadigan qatʼiy belgilangan avans tölovi oşirilişini nazarda tutadi.

Masalan, 2026-yilda Moskvada patentning oylik tölovi 10 ming rublni taşkil etgan. Şu hisobda bir nafar farzand uçun qöşimça tölov taxminan 5 ming rubl, ikki nafar farzand uçun esa 10 ming rubl bölişi mumkin. 2027-yil uçun aniq summalar hududiy va deflyator koeffitsiyentlari tasdiqlanganidan keyin maʼlum böladi.

Şuningdek, patent bekor qilingan taqdirda, migrant 15 kun içida farzandlari bilan birga Rossiyani tark etişi şartligi belgilangan.

Rossiya hukumati mazkur çoralarni migrantlarning işlamaydigan oila aʼzolari tufayli ijtimoiy sohaga tuşayotgan yuklamani kamaytiriş bilan izohlamoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Rossiyada migrantlar farzandlari uçun patent tölovi oşiriladi | Effect.uz