Istanbul şahrida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Muzokaralarda ikki davlat örtasidagi turizm aloqalarini yanada mustahkamlaş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş, yangi turistik yönalişlar va qöşma sayyohlik mahsulotlarini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar muştarak tarix, til, madaniyat va qadriyatlar ikki mamlakat xalqlarini birlaştirib turişini ta’kidlab, uşbu yaqinlikni turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim omil sifatida qayd etdilar.
Şuningdek, Turkiyaning turistik hududlarni boşqariş, mehmonxona xöjaligi, madaniy merosni asrab-avaylaş va gastronomiya turizmini rivojlantiriş borasidagi tajribasini örganiş, ziyorat turizmi, islom sivilizatsiyasi merosi va MICE yönalişlarida qöşma turistik mahsulotlar yaratiş masalalariga e’tibor qaratildi. Özaro media va blogerlar safarlarini taşkil etiş, xalqaro axborot makonida ikki mamlakatning turistik imkoniyatlarini kengroq namoyon etiş hamda soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşişni yölga qöyiş böyiça ham fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida 2026–2028-yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida turizm sohasida hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi (Joint Action Plan) imzolandi. Hujjatda özaro turistik almaşinuvni kengaytiriş, ziyorat turizmini rivojlantiriş, qöşma sayyohlik yönalişlarini şakllantiriş, xalqaro tadbirlarda birgalikda iştirok etiş, mutaxassislar malakasini oşiriş va Özbekiston hududlarining turistik salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan aniq hamkorlik yönalişlari belgilandi.
Mazkur kelişuv ikki mamlakat örtasidagi turizm aloqalarini yangi amaliy taşabbuslar bilan boyitiş, Turkiyadan Özbekistonga sayyohlar oqimini oşiriş va özaro hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantiriş uçun muhim zamin yaratadi.




