Jahon

Turkiyaning bebaho merosi: 100 ta osori atiqa öz yurtiga qaytarildi

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
Turkiyaning bebaho merosi: 100 ta osori atiqa öz yurtiga qaytarildi

Turkiya özining boy madaniy merosini asrab-avaylaş hamda noqonuniy ravişda xorijga olib çiqib ketilgan osori atiqalarni qaytariş borasida salmoqli yutuqlarga erişmoqda. Yaqinda AQŞdan Turkiyaga 100 ta tarixiy aşyo qaytarilgani buning yana bir yorqin dalilidir. Istanbul arxeologiya muzeylarida bölib ötgan matbuot anjumanida Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy uşbu madaniy meros namunalarini jamoatçilikka taqdim etdi hamda “Çiqiş yöli yöq: Bubon” (“No Way Out: Boubon”) körgazmasini rasman oçib berdi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi boşçiligida olib borilayotgan xalqaro huquqiy va ilmiy-diplomatik saʼy-harakatlar natijasida sönggi vaqtlarda Anadoluning köp asrlik tarixidan guvohlik beruvçi köplab bebaho artefaktlar öz yurtiga qaytarildi. Xususan, 2026-yil may oyida AQŞdagi auksion uylaridan biri Anadoluga oid asarlarni qöyganida, vazirlik zudlik bilan tegişli çoralarni kördi. Manxetten okrugi prokuraturasi hamda AQŞ Içki xavfsizlik vazirligining tergov xizmati (HSI)ga ilmiy maʼlumotlar va tegişli hujjatlar taqdim etilişi natijasida auksion savdosi töxtatilib, uşbu aşyolarning Turkiyaga qaytarilişi taʼminlandi.

Tadbirda Manxetten okrugi prokurori örinbosari, noqonuniy savdoga qarşi kuraşiş bölimi rahbari Metyu Bogdanos ham iştirok etdi. Sözga çiqqan vazir Mehmet Nuri Ersoy madaniy meros namunalarini qaytariş jarayonida Manxetten okrugi prokuraturasi, AQŞ Içki xavfsizlik vazirligining tergov xizmati (HSI), Turkiya Taşqi işlar vazirligi hamda mamlakatning Nyu-Yorkdagi Boş konsulxonasi muhim yordam körsatganini taʼkidladi. Şuningdek, u tarixiy yodgorliklarni Turkiyaga xavfsiz yetkazib bergani uçun Turkiş Airlines aviakompaniyasiga minnatdorlik bildirdi.

“Bizning maqsadimiz tarixiy aşyolarni şunçaki bir körgazma vitrinasidan boşqasiga köçiriş emas, balki ularni öz tarixi va mansub bölgan madaniy muhiti doirasida qayta baholaşdan iborat”, - dedi vazir. U Turkiya madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarşi kuraşni bundan buyon ham qatʼiyat bilan davom ettirişini taʼkidladi.

Anadoluga oid 100 ta durdona asar

Turkiyaga qaytarilgan madaniy meros namunalari orasida mamlakatning Markaziy Qora dengiz mintaqasidagi Tokat viloyatining Erba tumanidagi Horoztepe hududiga oid 40 ta tarixiy aşyo alohida örin tutadi. Miloddan avvalgi 2300-2000-yillarga oid uşbu töplam marosimlarda foydalanilgan musiqa asboblari, qurol-yaroğlar va metall idişlardan iborat bölib, Anadoluda ilk bronza davridayoq metallga işlov beriş sanʼati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Qariyb 70 yil avval talon-toroj qilingan mazkur osori atiqalarni mamlakatga qaytarişga turli fan sohalariga oid ilmiy va tarixiy dalillarni kompleks örganiş natijasida erişildi.

Yana bir yirik töplam Burdur viloyatining Duver qişloğiga mansub 44 ta sopol bezak plitasidan iborat. Miloddan avvalgi VI asrga, yaʼni arxaik davrga oid uşbu plitalar qadimiy inşootlarning tomlarini yopiş va taşqi qismlarini qoplaşda işlatilgan. Ularning naqşlari, tuzilişi va uslubiy xususiyatlari qiyosiy jihatdan çuqur örganilib, arxiv hujjatlari hamda kolleksiya qaydlari asosida kelib çiqiş tarixi sinçkovlik bilan tekşirildi. Mazkur töplamning bir qismi 2022-yilda AQŞdan, 2024-yilda Daniyadan, 2025-yilda esa Virjiniya tasviriy sanʼat muzeyidan qaytarilgan edi. Los-Anjelesdagi J. Pol Getti muzeyida saqlangan aşyolarning ham qaytarilişi natijasida uşbu noyob töplamni qayta birlaştiriş jarayoni yakunlandi.

Qaytarilgan madaniy meros namunalari orasida Turkiyaning janubi-ğarbidagi Aydin viloyatida joylaşgan qadimiy Afrodisias şahriga oid portret tasviri, şuningdek, teatr niqoblari va maʼbudalar haykalçalari kabi noyob sanʼat asarlari ham bor.

Bubon haykallari önlab yillardan söng bir joyda jamlandi

Körgazmada Burdur viloyatining Gölhisar tumanidagi Ibejik qişloği yaqinida joylaşgan qadimiy Bubon şahridan talon-toroj qilingan muhtaşam bronza haykallar namoyiş etilmoqda. Bu haykallar dastlab Rim imperatorlari va imperator oilasi aʼzolariga bağişlangan Sebasteion ibodatxonasida topilgan. Biroq 1960-yillarda olib borilgan noqonuniy qazişmalar çoğida ular qismlarga ajratilib, yaşirin ravişda xorijga olib çiqib ketilgan. Sinçkovlik bilan ötkazilgan tekşiruvlarda mutaxassislar haykallarning oyoq qismlari va toş poydevorlari orasidagi tutaşuv izlarini özaro taqqosladilar. Tuproq tarkibi hamda qörğoşin izotoplari tahlili ham uşbu qismlarning bir-biriga tegişli ekanini tasdiqladi.

Natijada, önlab yillar davomida turli mamlakatlar va xalqaro kolleksiyalarga tarqalib ketgan haykallarning boş, gavda hamda qöl-oyoq qismlari körgazma doirasida yana bir joyda jamlandi. Ular orasida Rim imperatorlari Lutsiy Ver, Septimiy Sever, Karakalla va Mark Avreliy tasvirlangan haykallar alohida örin tutadi.

Uşbu madaniy boyliklarning Turkiyaga qaytarilişi ilmiy tadqiqotlarga ham yangi turtki berdi. Şu munosabat bilan, hozirgi kunda turk arxeologlari Burdur arxeologiya muzeyi muvofiqligida Bubonda 2023-yilda qayta boşlangan arxeologik qaziş işlarini davom ettirmoqdalar.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Turkiyaning bebaho merosi: 100 ta osori atiqa öz yurtiga qaytarildi | Effect.uz