Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro Dilşod Rahimov quriliş bilan boğliq holat yuzasidan prokuraturaga murojaat qilgan.
Murojaatda “Brother Gold Hous” xususiy korxonasi tomonidan köp qavatli turar-joy binosi qurilayotgani, bu esa tadbirkorga tegişli noturar obyektlar oldidagi hudud va kiriş yöllariga taʼsir qilayotgani taʼkidlangan.
Muammo qayerdan boşlangan?
Rahimovning bayon qilişiça, u tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş maqsadida turmuş örtoği Matluba Otaniyozova nomiga Qöşköpir tumani, “Çamanzor” mahallasi, Al-Beruniy köçasida joylaşgan bir neçta obyektlarni elektron onlayn auksion orqali sotib olgan.

Uning aytişiça, mazkur obyektlar avval “Xadra Xasan” MÇJga tegişli bölgan. Jamiyatning kredit qarzdorliklari sababli mulklar auksionga çiqarilgan va 2026-yil 27-aprel kuni ularni qayta sotib olgan. Tadbirkor bu obyektlarda savdo majmualarini qayta taşkil etişni rejalaştirgan.

Biroq uning taʼkidlaşiça, aynan şu obyektlar oldida, yölni tösadigan va mavjud binolarga juda yaqin tarzda “Brother Gold Hous” tomonidan köp qavatli turar-joy qurilişi boşlangan.

Raximovning sözlariga köra, quriliş taşkiloti masʼullariga bir neça marta murojaat qilinganiga qaramasdan, işlar davom ettirilgan.
Tadbirkor qaysi hujjatlarga tayanadi?
Murojaatda “Xadra Xasan” MÇJga tegişli bölgan kadastr hujjatlarida bino-inşootlar va hudud çegaralari belgilab qöyilgani qayd etilgan.
Raximovning taʼkidlaşiça, “Brother Gold Hous”ga tegişli kadastr va loyiha hujjatlaridagi çegaralar bilan uning obyekti çegaralari ustma-ust tuşişiga oid holatlar mavjud. Şu sababli u bir qator davlat organlariga murojaat qilgan. Masala sudga ham olib çiqilgan.
Prezident qarorida — ekobozor, hokimlik bayonida esa 9 qavatli uylar
Mazkur işda yana bir muhim hujjat bor. Qöşköpir tumani hokimligida öşa vaqtda tuman hokimi bölgan Şuhrat Ahmedov raisligida ötkazilgan yiğiliş yakunida 67-sonli bayon rasmiylaştirilgan. Unda Çamanzor mahallasi, Al-Beruniy köçasi 25 va 25A-uylar manzilida qurilişi rejalaştirilgan obyektlar böyiça işlab çiqilgan BRL maʼqullangan. Hujjatda esa 9 qavatli, köp xonadonli turar joy binolari nazarda tutilgan.

Bu yerda eng muhim savol — mazkur bayon Prezidentning 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarorida belgilangan şartlarga qay darajada mos keladi?
Çunki PQ-410ning 11-bandida “Qöşköpir dehqon bozori” MÇJning 51 foiz davlat uluşini sotişga rozilik berilganda, asosiy şart sifatida jamiyatning faoliyat turini saqlab qoliş, konsepsiya asosida zamonaviy ekobozor, savdo va maişiy xizmat körsatiş (avtoturargoh bilan) hamda köngiloçar majmua barpo etiş belgilangan.

Şunga qaramay, keyinçalik tuman hokimligi yiğilişida uşbu hududda köp qavatli turar joylar qurilişini nazarda tutuvçi BRL maʼqullangani hujjatda qayd etilgan. Demak, masala şunçaki «bir hujjatda uy qurilişi körsatilgan» degan gap bilan tugamaydi. Bu yerda bir-biriga boğliq bir neçta huquqiy savol paydo böladi: PQ-410da belgilangan şartlar özgarganmi? Agar özgargan bölsa, kim va qaysi huquqiy asosda özgartirgan? Tuman hokimligi yiğilişi bayoni Prezident qarorining mazkur talablaridan çetga çiqiş uçun mustaqil huquqiy asos böla oladimi?
Ayniqsa, PQ-410da körsatilgan obyektlar tarkibi bilan 67-sonli bayonda maʼqullangan BRL tarkibi örtasida farq borligi eʼtiborli. Şu sababli 67-sonli bayon va uning asosida keyin qabul qilingan şaharsozlik hujjatlarining PQ-410 talablariga muvofiqligi vakolatli organlar tomonidan huquqiy jihatdan baholanişi lozim, deb hisoblaymiz.
Qolaversa, uşbu yiğilişga raislik qilgan Şuhrat Ahmedov 2023-yil noyabridan 2026-yil oktyabriga qadar Qöşköpir tumani hokimi lavozimida işlagan. 2026-yil oktyabrida esa u Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Şu bois bugun masala faqat qurilişning özi haqida emas. Prezident qarorida belgilangan şartlar bilan tuman hokimligida qabul qilingan hujjat örtasidagi huquqiy boğliqlik va ziddiyat bor-yöqligiga ham aniq baho berilişi kerak.
Qolaversa, Dilshod Rahimov mazkur qarorda köp xonadonli turar-joy qurilişi nazarda tutilmagan, deb hisoblaydi. Uning bildirişiça, keyinçalik “Brother Gold Hous”ga “Qöşköpir dehqon bozori” MÇJning 51 foiz davlat uluşiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovçi 2025-Y-13/005-sonli davlat orderi berilgan.

Orderda jamiyat faoliyat turini saqlab qolgan holda zamonaviy ekobozor, savdo va maişiy xizmat körsatiş, avtoturargoh va köngiloçar majmua barpo etiş şarti aniq qayd etilgan. Lekin, hokimlik...

Ammo keyin köp qavatli uy qurilişiga xulosa berilgan
Murojaatda eng asosiy savollardan biri — 2025-yil 1-noyabrda Xorazm viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi huzuridagi arxitektura va şaharsozlik kengaşi işçi organi tomonidan berilgan 225858524-sonli xulosa bilan boğliq.


Rahimov mazkur xulosa “Brother Gold Hous”ga köp xonadonli uy quriş imkonini berganini, biroq bunday quriliş Prezidentning PQ-410-sonli qarorida nazarda tutilmaganini taʼkidlamoqda.
Şunga asosan, u uşbu xulosani haqiqiy emas deb topişni sörab Urganç tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qilgan. Biroq sud Rahimovning daʼvosini qanoatlantirmagan.

Kadastr maʼlumotlari böyiça ham eʼtiroz bor
Murojaatda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boşqarmasi tomonidan 2026-yil 24-sentyabrdagi 02-10790-sonli maʼlumotnoma sudga taqdim etilgani aytilgan.

Rahimov uşbu maʼlumotnomada “Brother Gold Hous”ga tegişli çegaralar Matluba Otaniyozovaga tegişli noturar joy binosi va uning çegaralariga daxl qilmasligi körsatilganini bildirgan. Biroq tadbirkor bu maʼlumotlar haqiqatga töğri kelmasligini daʼvo qilmoqda.
Şu sababli u prokuraturadan sudga yolğon maʼlumot taqdim etilgan-taqdim etilmaganini tekşiriş, bunda aybdor şaxslar bölsa, ularning javobgarligi masalasini hal etişni söramoqda. Bu holatni, albatta, vakolatli organlar hujjatlar asosida tekşirişi kerak.
Sud qarori yuzasidan ham eʼtiroz bildirilmoqda
Murojaatçining aytişiça, sud mazkur masalani uç marta körib çiqqan. Yakunda esa Urganç tumanlararo maʼmuriy sudi arizani körib çiqiş uçun belgilangan 6 oylik muddat o'tganini asoslardan biri sifatida keltirgan.

Raximov esa 225858524-sonli xulosa haqida uning mavjudligini oldindan bilmaganini taʼkidlamoqda. Uning bildirişiça, bu xulosa haqida 2026-yil 27-iyul kuni Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy boşqarmasidan javob olganidan keyin, 2026-yil avgust oyida iş materiallari bilan tanişiş jarayonida xabar topgan.

Şu bois murojaatçi sudning muddatga oid xulosasiga ham eʼtiroz bildirib, qarorda notöğri maʼlumotlar keltirilganini taʼkidlamoqda.
Prokuraturadan nima söralmoqda?
Raximov Xorazm viloyati prokuraturasidan mazkur holatlarni uning iştirokida va hujjatlar asosida örganişni söragan.

Jumladan:
“Brother Gold Hous”ga berilgan qurilişga oid hujjatlarni tekşiriş;
kadastr maʼlumotlarining haqqoniyligini örganiş;
sudga taqdim etilgan maʼlumotlarda qonunbuziliş mavjud yoki mavjud emasligiga huquqiy baho beriş;
agar jinoyat alomatlari aniqlansa, masʼul şaxslarning javobgarligi masalasini hal qiliş;
Urganç tumanlararo maʼmuriy sudining 2026-yil 25-sentyabrdagi 5-2201-2601/882-sonli hal qiluv qarori yuzasidan qonun doirasida çora köriş va apellyatsiya tartibida qayta körib çiqilişiga erişiş söralgan.
Hozirça bu materialda keltirilgan holatlar murojaatçi tomonining bayonotlari asosida bayon qilinmoqda. “Brother Gold Hous”, Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boşqarmasi va sudning mazkur eʼtirozlarga munosabati alohida örganilişi lozim. EFFECT.UZ uşbu holat böyiça tegişli taşkilotlarning rasmiy munosabatini ham eʼlon qilişga tayyor.



