Özbekiston

Özbekistonda yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi yaratiladi

Akmal Eshonxonov34 ko'rishlar
Özbekistonda yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi yaratiladi

Özbekistonda jinoyatçilik sabablarini tahlil qiliş, hududlardagi kriminogen vaziyatni nazorat qiliş va prognozlaş maqsadida Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi işlab çiqiladi. Bu Prezidentning 2026-yil 6-noyabrdagi PF–241-son farmonida belgilangan.

Platformada jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, ularni bartaraf etişga masʼul idoralar va mansabdor şaxslar, şuningdek, amalga oşirilişi lozim bölgan çoralar böyiça elektron reyestr yuritiladi. Körilgan çoralar natijalari inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik tartibda nazorat qilinadi.

Hududlar, mahallalar va jinoyat turlari kesimida jinoyatçilik dinamikasi yarim yillik hamda yillik prognoz qilinadi. Kriminogen vaziyati oğir hududlarga vaziyatni barqarorlaştiriş çoralarini nazarda tutuvçi xabarnomalar yuboriladi.

Platformani 2027-yil yakuniga qadar Toşkent şahrining Olmazor tumanida tajriba tariqasida işga tuşiriş rejalaştirilgan. 2028-yildan esa tizimni respublika hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiş közda tutilgan.

Farmonga muvofiq, har yili aholi örtasida milliy viktimologik sörov ötkaziladi. Şuningdek, aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonçini örganişga qaratilgan ijtimoiy sörovlar taşkil etiladi.

Yoşlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, ilgari sudlangan va probatsiya hisobidagi şaxslar, «qizil» toifadagi mahallalar hamda boşqa yönalişlar böyiça manzilli kriminologik tadqiqotlar ham ötkazib boriladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi yaratiladi | Effect.uz