Qöşköpir tumani hokimligi «Brother Gold House» XK tomonidan Çamanzor mahallasi, Al-Beruniy köçasida olib borilayotgan quriliş işlari yuzasidan munosabat bildirdi.
Hokimlik maʼlum qilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarori 11-bandi asosida «Qöşköpir dehqon bozori» MÇJning 51 foiz davlat uluşini sotişga rozilik berilgan. Bunda jamiyat faoliyat turini saqlab qolgan holda zamonaviy ekobozor, savdo-maişiy xizmat körsatiş obyektlari, avtoturargoh hamda köngiloçar majmua barpo etiş şartlari belgilangan.
Hokimlik munosabatida qayd etilişiça, şu asosda «Brother Gold House» XKga 2025-yil 11-yanvarda 225858524-sonli loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş böyiça Arxitektura va şaharsozlik kengaşi işçi organining xulosasi berilgan.

Şuningdek, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 16-martda 269236511-sonli hujjat asosida quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun obyekt röyxatdan ötkazilgan.
Hokimlikka köra, ayni vaqtda «Brother Gold House» XK tomonidan boş reja loyihasi asosida Çamanzor mahallasi, Al-Beruniy köçasi 25B-uy manzilida köp qavatli turar joy hamda savdo va maişiy xizmat körsatiş obyektlari, jumladan avtoturargoh qurilişi olib borilmoqda.

Munosabatda quriliş hududi vaqtinçalik tösiq bilan öralgani, tadbirkor öz faoliyatini boşlagan taqdirda, unga kirib-çiqiş uçun yöl oçib berilişi maʼlum qilingan.
Hokimlik, şuningdek, murojaatda körsatilgan bino böyiça ham maʼlumot bergan. Unga köra, «Bilol group Qöşköpir tekstil» mazkur binoda ikki yildan buyon faoliyat yuritmayotgan. Bino fuqaro Otaniyozova Matlubo Qöziboyevna tomonidan 2026-yil 12-maydagi OA-1336809-sonli auksion yakunlari töğrisidagi bayonnoma asosida sotib olingan va 2026-yil 3-iyul kuni köçmas mulk obyektiga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilgan.
EFFECT.UZ POZITSIYASI

Şu bilan birga, hokimlik munosabatida keltirilgan maʼlumotlar qurilişning PQ-410-sonli qarorda belgilangan şartlarga huquqiy muvofiqligi masalasiga alohida baho berilganini anglatmaydi. Mazkur masala böyiça hujjatlar örtasidagi huquqiy boğliqlik va qurilişga asos bölgan şaharsozlik hujjatlarining qonuniyligi alohida örganilişi kerak.




