«Özgidromet» maʼlumotiga köra, 9–11-noyabr kunlari Özbekiston hududida yoğingarçilik kutilmoqda. Şimoliy va toğli hududlarda qor yoğişi mumkin.
Tungi harorat şimolda −7°C gaça, boşqa hududlarning ayrim joylarida esa −1…−2°C gaça pasayişi prognoz qilinmoqda.
Şu munosabat bilan Energetika vazirligi va tizim taşkilotlari energiya resurslarini barqaror yetkazib beriş çoralarini körmoqda. Toşkent va boşqa hududlarda isitiş mavsumini boşlaş işlari ham olib borilmoqda.
Gaz taʼminotida xonadonlar, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi.
Zarurat tuğilsa, mavsumiy isteʼmolçilar, jumladan, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin.
Qayd etilişiça, bunday çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan va tasdiqlangan grafik asosida joriy etiladi. Isteʼmolçilar bu haqda oldindan xabardor qilinadi.
Gaz yoki elektr taʼminotida muammo yuzaga kelsa:
1104 — gaz bosimi va taʼminoti;
104 — gaz avariya xizmati;
1154 — elektr uzilişlari va tarmoq nosozliklari.
Noqonuniy ulaniş yoki energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari haqida «Özenergoinspeksiya»ning +998 71 208-10-15 raqamiga xabar beriş mumkin.




