O'zbekiston

Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş böyiça yangi qoidalar taklif etilmoqda

Akmal Eshonxonov30 ko'rishlar
Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş böyiça yangi qoidalar taklif etilmoqda

Özbekistonda ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş tartibini takomillaştiriş böyiça yangi qoidalar taklif etilmoqda. Bu haqda Hukumat qarori loyihasida söz boradi.

Loyihaga köra, madaniy tadbirlar, köngiloçar-tomoşa dasturlari va sport musobaqalariga kiriş çiptalari elektron şaklda sotilişi belgilanmoqda. Oçiq maydonlardagi ayrim tadbirlar bundan mustasno böladi.

Şuningdek, çiptalarni belgilangan narxdan yuqori narxda qayta sotiş, qalbakilaştiriş va ulardan takroran foydalanişning oldini oliş çoralari joriy etilişi taklif qilinmoqda.

Oçiq maydonlarda doimiy örindiqlarsiz ötkaziladigan tadbirlarda, qoida tariqasida, har bir kvadrat metrga köpi bilan bir nafar iştirokçi töğri kelişi mezoni qöllaniladi.

Qoidalarni buzgan şaxslarning ommaviy tadbirlarga kirişi sud qarori asosida vaqtinça çeklanişi mumkin. 2027-yildan bunday şaxslarning elektron hisobi yuritilişi rejalaştirilmoqda.

Loyihada şaxsini aniqlaş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda tadbirda iştirok etişni taqiqlaş ham nazarda tutilgan. Bunda belgilangan istisnolar mavjud böladi.

Ommaviy tadbirlarda fuqarolar oqimi, iştirokçilar soni va odamlar ziçligini nazorat qiliş uçun dronlardan foydalaniş taklif etilmoqda.

Bundan taşqari, fuqarolarni bepul mahsulot tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxlarda sotiş orqali ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin.

Tadbir ötkaziladigan obyektlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi yiliga kamida bir marta tekşirilişi belgilanmoqda.

Şuningdek, içki işlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va soğliqni saqlaş organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça xizmatlarini pulli asosda amalga oşiriş nazarda tutilgan. Bunda ayrim istisnolar böladi.

Saylovoldi taşviqoti bilan boğliq ommaviy tadbirlar hamda köçma sirk tomoşalari uçun ruxsatnoma talab qilinmasligi taklif etilmoqda. Bunday holatlarda vakolatli organ kamida 10 iş kuni oldin xabardor qilinişi kerak böladi.

Eslatma: yuqoridagi qoidalar Hukumat qarori loyihasida taklif etilgan. Loyiha muhokama va qabul qiliş jarayonida özgarişi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş böyiça yangi qoidalar taklif etilmoqda | Effect.uz