O'zbekiston

Yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganlardan 1,3 milliard sömgaça tovon undiriladi

Akmal Eshonxonov34 ko'rishlar
Yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganlardan 1,3 milliard sömgaça tovon undiriladi

Özbekistonda yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazgan şaxslardan 1,3 milliard sömgaça tovon puli undirilişi mumkin. Şuningdek, bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari obyektlarini yonğindan majburiy suğurtalaşi şart böladi.

Bu 2-noyabr kuni qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonunda belgilandi.

Yangi tartibga köra, yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi oqibatida yonğin sodir bölib, inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazilsa, sud aybdor şaxs zimmasiga yetkazilgan zararni qoplaşdan taşqari alohida tovon puli tölaş majburiyatini ham yuklaşi mumkin.

Tovon pulining miqdori jabrlanuvçining holatiga qarab belgilanadi. Jumladan, jabrlanuvçi vafot etgan taqdirda 1 milliard 320 million sömgaça, I guruh nogironligi belgilanganda 660 million sömgaça, soğliqqa boşqa turdagi zarar yetkazilganda esa 264 million sömgaça tovon undirilişi mumkin.

Bunda inson hayoti va soğliğiga yetkazilgan zarar davlat foydasiga undiriladigan jarima va moliyaviy sanksiyalardan oldin qoplanadi.

Qonun bilan bozorlar, savdo komplekslari hamda savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari zimmasiga yonğin oqibatida uçinçi şaxslarning hayoti va soğliğiga zarar yetkazilganlik uçun fuqarolik javobgarligini suğurtalaş, şuningdek, obyektlarni yonğindan majburiy suğurta qiliş majburiyati yuklatildi.

Uşbu talablarni bajarmagan mansabdor şaxslarga 22 million sömdan 33 million sömgaça jarima solinadi. Huquqbuzarlik bir yil içida takroran sodir etilsa, jarima 44 million sömgaça yetadi.

Şaharsozlik sohasida ham javobgarlik kuçaytirildi. Obyektlarni loyihalaştiriş, quriş yoki foydalanişga qabul qiliş jarayonida ruxsat beriş tartiblariga qonunga xilof ravişda aralaşiş, vakolatli organlar va xulosa beruvçi şaxslarga bosim ötkaziş uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Bunday harakatlar uçun 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq yoki bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigaça jarima qöllanilişi mumkin. Huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin takroran sodir etilsa, aybdor 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

Şuningdek, obyektlarda yonğin auditi ötkaziş tartibi joriy etilmoqda. Audit mustaqil akkreditatsiyadan ötgan taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi. Ijobiy xulosa olgan obyektlarda davlat yonğin nazorati organlari bir yil davomida rejali tekşiruvlar ötkazmaydi.

Mazkur özgartişlar Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga, şuningdek, «Yonğin xavfsizligi töğrisida»gi hamda «Suğurta faoliyati töğrisida»gi qonunlarga kiritildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganlardan 1,3 milliard sömgaça tovon undiriladi | Effect.uz