Suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş yer uçastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.
Hukumatning 2026-yil 5-noyabrdagi 609-son qarori bilan «Suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş turgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarida turizm xizmatlarini taşkil etiş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş yer uçastkalarida turizm xizmatlarini taşkil etiş, şuningdek, turistik va rekreatsiya obyektlarini joylaştiriş tartibini belgilaydi.
Unga köra, turizm xizmatlarini taşkil etişda quyidagi majburiy talablarga rioya etilişi lozim:
qutqaruv xizmatini taşkil etiş yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma asosida navbatçilikni yölga qöyiş;
kiçik hajmli kemalar va ularning bazalaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga amal qiliş;
turizm obyektlarida hosil böladigan maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan şartnomalar tuziş.
Şuningdek, turizm xizmatlarini taşkil etişda raqamli xaritalar, onlayn bron qiliş tizimlari, QR-kodli navigatsiya va boşqa raqamli infratuzilma vositalari joriy etiladi.
Turistik obyektlarni joylaştirişda suvni muhofaza qiliş va sanitariya muhofaza qiliş zonalari, şuningdek, sel va köçki xavfi yuqori bölgan hududlar hisobga olinadi.
Turizm xizmatlarini taşkil etiş uçun yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratiladi.




