Zarafşon milliy tabiat boği maʼmuriyati rasmiy munosabat bildirdi.
Zarafşon milliy tabiat boği ilmiy xodimi E. B. Xolmanov tomonidan EKOLOG.UZ axborot portali va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan «Qurğoqçilik va özboşimçalik milliy boğga xavf tuğdirmoqda» nomli maqola yuzasidan boğ maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi.
Maqolada kötarilgan muammo haqiqatan ham mavjud bölib, milliy tabiat boğining tabiiy ekotizimini saqlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Sönggi yillarda milliy tabiat boği çegarasi böylab oqib ötuvçi Çegara kanalida suv miqdori sezilarli darajada kamaygan. Ilmiy xodimlarning kuzatuvlariga köra, 2022-yildan boşlab suv sathi pasaya boşlagan, 2023-yilda esa kanalning doimiy suv oqimi töxtagan.
Uşbu kanal uzoq yillar davomida yovvoyi hayvonlar, jumladan, Buxoro xonguli, Zarafşon qirğovuli va boşqa mahalliy fauna vakillari uçun muhim suv manbalaridan biri bölib xizmat qilgan.
Ilmiy xodimimiz tomonidan eʼlon qilingan maqola tabiiy muhitda yuz berayotgan ekologik özgarişlardan taşvişlaniş hamda olib borilgan kuzatuvlarga asoslangan. Milliy tabiat boği maʼmuriyati ham uşbu xavotirni töliq tuşunadi va unga qöşiladi.
Şu bilan birga, suv oqimining töxtaşiga sabab bölgan aniq omillarni, jumladan, xöjalik faoliyatining ehtimoliy taʼsirini aniqlaş qöşimça va xolisona örganişni talab etadi. Mazkur holatga Zarafşon daryosining gidrologik rejimidagi özgarişlar hamda boşqa omillar taʼsir körsatgan bölişi mumkin.
Muammoning asl sabablarini aniqlaş maqsadida milliy tabiat boği maʼmuriyati suv xöjaligi mutaxassislari, gidrolog olimlar va tegişli vakolatli idoralar iştirokida birgalikda örganiş işlarini taşkil etiş taşabbusini ilgari surmoqçi.
Örganiş natijalari asosida Çegara kanalining suv taʼminotini tiklaş imkoniyatlari hamda milliy tabiat boğining tabiiy ekotizimini muhofaza qiliş yuzasidan tegişli takliflar işlab çiqiladi.
Zarafşon milliy tabiat boği maʼmuriyati ekologik muammolarni öz vaqtida aniqlaş, ularning sabablarini xolisona örganiş va tabiiy merosimizni asrab-avaylaş böyiça zarur çoralarni körişni özining muhim vazifalaridan biri deb hisoblaydi.




