O'zbekiston

Şavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt xavfsizligi böyiça xalqaro taşabbuslarni ilgari surdi

Akmal Eshonxonov39 ko'rishlar
Şavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt xavfsizligi böyiça xalqaro taşabbuslarni ilgari surdi

Özbekiston Prezidenti Ostonadagi «Aqaba jarayoni» doirasida sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalaniş masalalariga bağişlangan uçraşuvda iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona şahrida «Aqaba jarayoni» doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvida iştirok etdi.

Tadbirda Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya Podşohi Abdulla II, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori darajali vakillari hamda xorijiy mehmonlar qatnaşdi.

Uçraşuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, şuningdek, raqamli texnologiyalar rivoji bilan boğliq yangi tahdidlar muhokama qilindi. Davlatlar örtasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, tajriba almaşiş va yoşlar orasida radikallaşuvning oldini oliş mexanizmlarini takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi şaroitda xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuçayib borayotganini qayd etib, «Aqaba jarayoni»ning ahamiyatini yuksak baholadi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanib, insoniyat uçun ulkan imkoniyatlar yaratayotgani bilan birga, yangi xavf-xatarlarni ham keltirib çiqarayotgani taʼkidlandi. Şu munosabat bilan sifatli taʼlim va inson salohiyatini töliq röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş xavfsizlikning muhim poydevori ekani qayd etildi.

Davlat rahbari zamonaviy ilm-fan yutuqlarini maʼrifat va ilmga intiliş kabi gumanistik anʼanalar bilan uyğunlaştiriş maqsadida «Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot» taşabbusini ilgari surdi. Uşbu taşabbus sunʼiy intellekt imkoniyatlarini bilimlarni keng tarqatiş, özaro işonçni mustahkamlaş va inson kamoloti uçun yangi imkoniyatlar yaratişga yönaltirişni nazarda tutadi.

Şuningdek, BMTning sunʼiy intellektni boşqariş masalalari böyiça global muloqoti qöllab-quvvatlandi.

Global saʼy-harakatlarga amaliy hissa qöşiş maqsadida Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorlik bildirildi. Uşbu ofis Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorçilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantiriş kanallarini işga tuşiriş, terrorizmni moliyalaştiriş holatlarini aniqlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça amaliy kömak körsatişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi maʼrifat» xalqaro dasturini yölga qöyiş taklif etildi.

Dastur doirasida köp tilli axborot resurslarini yaratiş, diniy arboblarni axborot muhitida faoliyat yuritişga tayyorlaş hamda islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini tarğib qilayotgan yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Şavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt xavfsizligi böyiça xalqaro taşabbuslarni ilgari surdi | Effect.uz