Jamiyat

Xalqaro biznes-klub TURON oçildi: Özbekiston biznesi investorlar va xorijiy bozorlarga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega böldi

Akmal Eshonxonov14 ko'rishlar
Xalqaro biznes-klub TURON oçildi: Özbekiston biznesi investorlar va xorijiy bozorlarga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega böldi

Yoşlar ijod saroyida Özbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (ÖzMIHU) huzuridagi Xalqaro biznes-klub TURON rasman faoliyatini boşladi.

Oçiliş marosimida diplomatik korpus, xalqaro taşkilotlar va davlat organlari vakillari, yirik tadbirkorlar hamda xorijiy delegatsiyalar iştirok etdi. Bir zalda Özbekiston va yaqin xorij mamlakatlaridan kelgan, quriliş, işlab çiqariş, qişloq xöjaligi, axborot texnologiyalari, moliya, logistika, turizm, töqimaçilik va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar jam böldi.

Tadbir ÖzMIHU raisi Farrux Faxriddin öğli Fazliyevning murojaati bilan boşlandi. Undan söng taklif etilgan fikr yetakçilari — Rasul Kuşerbayev, Abror Muxtoraliy va Muxammadali Eşonqulov sözga çiqdi.

Klub konsepsiyasini öz taqdimotida Xalqaro biznes-klub TURON prezidenti, tadbirkor Ilxom Begimqulov bayon etdi. U klub faoliyati investitsiya, eksport va importga qaratilganini alohida taʼkidladi. Klub aʼzolari quyidagi imkoniyatlarga ega böladi:

  • investitsiyaga tayyorlaş va investitsiya jalb qilişga kömaklaşiş;

  • eksport ehtiyojlarini aniqlaş va körgazmalarda qatnaşiş;

  • xorijiy hamkorlar bilan onlayn va oflayn uçraşuvlar taşkil etiş;

  • importyorlarni işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar bilan boğlaş;

  • biznesni yangi bozorlarga olib çiqiş;

  • huquqiy masalalar böyiça yuridik maslahat beriş va şartnomalarni huquqiy ekspertizadan ötkaziş.

Xalqaro biznes-klub TURON oldiga qöyilgan maqsad aniq: Özbekiston biznesini masştablaş orqali yangi bosqiçga olib çiqiş. Şu tariqa klub eksport geografiyasini kengaytiriş va xorijiy investitsiyalarni jalb qilişdek muhim davlat vazifasini amalga oşirişga xizmat qiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xalqaro biznes-klub TURON oçildi: Özbekiston biznesi investorlar va xorijiy bozorlarga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega böldi | Effect.uz