Oltinsoyda YPX inspektorining qonuniy «töxta» işorasiga böysunmagan haydovçi qoçişga uringani va ortidan kuzatuv boşlangani aytilmoqda. Oqibatda yöl-transport hodisasi sodir bölib, bir kişi jarohatlangan.
IIB JXX YHXB maʼlumotiga köra, voqea 2026-yil 18-oktyabr kuni soat 08:20 atrofida tumanning «Yangi quriliş» mahallasida sodir bölgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, haydovçilik huquqiga ega bölmagan şaxs boşqaruvidagi «Kaptiva» avtomaşinasi YPX inspektorining qonuniy «töxta» işorasiga böysunmay, harakatini davom ettirgan.
Inspektor xizmatdagi «Lasetti» avtomaşinasida uni ortidan kuzatgan. Şu vaqtda «Kaptiva» haydovçisi asosiy yölda harakatlanayotgan «Lasetti»ning yöliga çiqib ketişi natijasida töqnaşuv sodir bölgan.
Hodisa oqibatida «Lasetti» haydovçisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Şuningdek, Surxondaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan YPX inspektoriga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.




