Jamiyat

Mirzo Uluğbekda is gazidan 6 kişi vafot etdi

Akmal Eshonxonov35 ko'rishlar
Mirzo Uluğbekda is gazidan 6 kişi vafot etdi

Bir xonadonda olti kişi hayotdan köz yumdi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, fojiaga xavfsizlik talablariga javob bermagan isitiş qozoni va gaz tarmoğiga belgilangan tartibda ulanmagan uskuna sabab bölgan.

2026-yil 25-oktyabr kuni Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etdi, yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisa quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan.

Aniqlanişiça, uyning yertöla qismiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. Şuningdek, gaz tarmoğiga belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257 va 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilişga çaqirdi. Uskunalar malakali mutaxassislar tomonidan örnatilişi va ularning texnik holati muntazam tekşirilişi lozim.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mirzo Uluğbekda is gazidan 6 kişi vafot etdi | Effect.uz