Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Ayronçi» mahallasi aholisi infratuzilma loyihalari doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan masʼul taşkilotlarga murojaat qildi.
Aholi murojaatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi PQ-5246-son qarori asosida, Islom taraqqiyot banki iştirokida amalga oşirilayotgan «Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş» loyihasi doirasidagi işlarga eʼtibor qaratiş söralgan.
Murojaatdagi asosiy masalalardan biri — yöllarni asfaltlaştiriş. Loyiha doirasida umumiy uzunligi qariyb 15 kilometr bölgan yöllarni asfaltlaştiriş rejalaştirilgan. Tayyorgarlik işlari 2026-yil aprel oyida, asfalt yotqiziş işlari esa 5-sentyabrda boşlangan.
Aholi maʼlumotiga köra, hozirga qadar taxminan 3,7 kilometr yölda işlar bajarilgan. Şu bilan birga, quriliş işlari muntazam olib borilmayotgani, işçilar bir kun işlab, keyin 5–7 kun tanaffus qilayotgani aytilgan.
Murojaatda mahallada suv taʼminoti va 0,4 kV elektr taʼminoti böyiça ham loyihada nazarda tutilgan işlar qay darajada bajarilgani, ularning loyiha hujjatlariga muvofiqligi va masʼul taşkilotlar majburiyatlarining ijrosini örganiş söralgan.
Aholi, şuningdek, ajratilgan mablağlar aholi manfaatlariga xizmat qilişi, işlar belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilişi hamda murojaatlarga aniq va mazmunli javob berilişini söragan.
Ayni paytda EFFECT.UZ muxbiri Muhammadali Qazoqov vaziyatni Karmana tumanida joyiga çiqqan holda örganmoqda. Murojaatda kötarilgan masalalar, amalga oşirilayotgan işlar va masʼul taşkilotlarning munosabati böyiça batafsil material taqdim etiladi.




