Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasida rahbarning turmuş örtoği tumanlararo perinatal markaz mudiri lavozimiga tayinlangani bilan boğliq holat yuzasidan xizmat tekşiruvi yakunlandi.
Avvalroq Effect.uz Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği G. Asadova mazkur lavozimga tayinlangani haqida xabar bergan edi.
Jamoatçilik eʼtiborini tortgan holat yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan xizmat tekşiruvi tayinlangan, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi ham holatni nazoratga olgan.
Örganiş davomida kadrlar tayinlovi va qonunçilik talablariga rioya etilişi masalalari körib çiqildi. Xususan, Mehnat kodeksining 121-moddasida yaqin qarindoşlarning bevosita böysunuv yoki nazorat ostida işlaşiga doir çeklovlar belgilangan.
Tekşiruv yakuniga köra, Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadov bilan mehnat şartnomasi 26-oktyabrdan taraflarning kelişuviga asosan bekor qilingan. Aniqlanishicha, mehnat şartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilingan.




